RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA AKSIYADORLIK TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida aksiyadorlik tijorat banklarida korporativ boshqaruv
tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari kompleks tarzda tahlil qilingan. Bank tizimida korporativ
boshqaruvning samaradorligi ularning moliyaviy barqarorligi, investitsion jozibadorligi hamda kreditlash salohiyatini
belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqot doirasida aksiyadorlik tijorat banklarida raqamli muhitda korporativ
boshqaruvni tashkil etish bilan bog‘liq dolzarb muammolar, jumladan, aksiyadorlar va boshqaruv organlari o‘rtasidagi
munosabatlarda shaffoflikning yetarli darajada ta’minlanmasligi, raqamli likvidlik va risklarni boshqarishdagi murakkabliklar,
global moliyaviy bozorlardagi o‘zgaruvchanlik hamda foiz siyosatiga texnologik omillarning ta’siri atroflicha yoritilgan.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida korporativ boshqaruvni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish,
xususan, boshqaruv jarayonlarida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, risk-menejment tizimini takomillashtirish hamda
aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, raqamli
transformatsiya jarayonida moliyaviy savodxonlikni oshirish, boshqaruv jarayonlariga fintex yechimlarini integratsiya
qilish, innovatsion raqamli mahsulotlar — mobil banking, blokcheyn texnologiyalari va sun’iy intellekt asosidagi qaror
qabul qilish tizimlarini joriy etish muhim yo‘nalishlar sifatida tavsiya etilgan.