SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING TA'LIM MENEJMENTIGA TA'SIRI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim menejmenti tizimiga ta’siri, ularning ta’lim jarayonini boshqarish samaradorligini oshirishdagi roli hamda ta’lim muassasalarida raqamli transformatsiya jarayonlaridagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt asosida ishlovchi boshqaruv tizimlari, ma’lumotlarni tahlil qilish, ta’lim sifatini monitoring qilish hamda qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim menejmentida qo‘llash boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, ta’lim sifatini oshirish va resurslardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.