Published April 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

QURILISH SANOATIDA KORXONALARNI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY KONSEPSIYALARI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Description

Qurilish tarmog‘ining yuqori kapital sig‘imi, ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘p bosqichliligi, investitsiya
qaytuvchanligining nisbatan uzoq muddatni qamrab olishi hamda bozor konyunkturasiga yuqori darajada bog‘liqligi
mazkur sohada moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish masalalarini dolzarblashtiradi.
Ushbu maqolada qurilish sanoati korxonalarini moliyalashtirishning nazariy konsepsiyalari va zamonaviy yondashuvlari
ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Shu nuqtayi nazardan, qurilish sanoati korxonalarini moliyalashtirishning iqtisodiy
mazmuni, uning institutsional xususiyatlari hamda moliyaviy mexanizmlarining amal qilish qonuniyatlarini aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Ilmiy maqolamizda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, nazariy umumlashtirish, institutsional baholash
va iqtisodiy-mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlillar natijasida qurilish sanoati korxonalarini moliyalashtirishda
an’anaviy manbalar, xususan, o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar bilan bir qatorda,
loyiha moliyalashtirishi, lizing, korporativ qimmatli qog‘ozlar, davlat-xususiy sheriklik va raqamli moliyaviy instrumentlardan
samarali foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, moliyalashtirishning zamonaviy yondashuvlari korxonalarning
moliyaviy barqarorligi, investitsion jozibadorligi, raqobatbardoshligi va innovatsion rivojlanish sur’atlariga bevosita ta’sir
ko‘rsatishi ochib berilgan. Maqolada qurilish sanoatida moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, moliyaviy resurslar
tarkibini diversifikatsiya qilish, risklarni boshqarish mexanizmlarini kuchaytirish hamda sohada barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar shakllantirilgan

Files

6. Igitov Jurabek Kuzibekovich.pdf

Files (2.7 MB)

Name Size Download all
md5:bda9997d7547f38a0b72969a65fc1f00
2.7 MB Preview Download

Additional details