ABDULLA QODIRIY IJODIDA SHAXSIY RIVOJLANISH KONSEPSIYASINING ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA NUQTAYI NAZARIDAN TAHLILI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy ijodida aks etgan shaxsiy rivojlanish konsepsiyasi zamonaviy psixologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda adib asarlaridagi yetakchi qahramonlarning o‘zini anglash, ichki ziddiyatlarni bartaraf etish, refleksiya, hayotiy tanlov va ijtimoiy muhit ta’siri masalalari gumanistik, ijtimoiy-psixologik nazariyalar doirasida yoritiladi. “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlaridagi obrazlar psixologik yetuklik, ichki nazorat lokusi, emotsional barqarorlik va identiklik inqirozini yengish mezonlari asosida tahlil qilinib, ularning zamonaviy psixologik konsepsiyalar bilan nazariy uyg‘unligi isbotlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Qodiriy ijodi shaxsiy rivojlanishning milliy-madaniy kontekstdagi o‘ziga xos modelini taklif etadi va bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida psixologik-pedagogik manba sifatida foydalanish mumkin. Tadqiqot fanlararo yondashuvga asoslanib, adabiyot va psixologiya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi.