Published April 6, 2026 | Version v1

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Description

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda emotsional intellektni rivojlantirish muammosi zamonaviy pedagogik ta’lim tizimi talablari asosida ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi ta’lim jarayonida o‘qituvchi shaxsining emotsional kompetensiyasi, pedagogik muloqot samaradorligi hamda kasbiy barqarorligini ta’minlash zarurati bilan asoslanadi. Tadqiqot jarayonida tahliliy-sintez, qiyosiy taqqoslash, ilmiy adabiyotlarni tizimli o‘rganish kabi nazariy metodlardan foydalanilgan. Maqolada emotsional intellektning mazmun-mohiyati, uning emotsional ong, emotsional o‘zini boshqarish, empatiya va ijtimoiy-emotsional muloqot kabi tarkibiy komponentlari aniqlashtirilgan hamda ularning o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasidagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, emotsional intellektni rivojlantirishning konseptual asoslari    sifatida        shaxsga        yo‘naltirilgan,    kompetensiyaviy        va        madaniy-aksiologik yondashuvlarning            integratsiyasi    yoritilib,        ularning    pedagogik    ta’lim    jarayonidagi ahamiyati    ilmiy    jihatdan    asoslangan.    Tadqiqot    natijalari    bo‘lajak    o‘qituvchilarni tayyorlash tizimida emotsional intellektni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodologik
asoslarni takomillashtirish imkonini beradi.

Files

102-112.pdf

Files (327.2 kB)

Name Size
md5:0391a1a56b049df5740e1da1da4195fe
327.2 kB Preview Download