Published April 6, 2026 | Version v1

TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA TOLERANTLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI

Description

Mazkur maqolada talaba yoshlarda tolerantlik sifatlarini tarkib toptirish bugungi globallashuv sharoitida ijtimoiy-ma’naviy zaruratga aylanganligi sabablari yoritilgan. Tolerantlik sifatlarini shakllantirish esa tolerantlik tafakkuri va madaniyati qay darajada rivojlanganligi bilan bog‘lanadi. Yoshlarni diniy va dunyoviy ilmlar, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ta’lim muassasalari oldidagi jiddiy vazifalar sirasiga kirishi; bu bo‘lg‘usi mutaxassislarning kelajakdagi faoliyatlarida dunyoviy va diniy bag‘rikenglik, o‘zga din hamda millat vakillariga hurmat-ehtirom    bilan    munosabatda    bo‘lish,    o‘zga    millatlar    madaniyati    bilan qadriyatlariga, milliy boyliklariga ham hurmat bilan qarash, do‘stona munosabatda bo‘lishni anglatadi. Ana shunday shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish orqali jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muvozanatni saqlashga erishiladi. Kelajakdagi amaliy faoliyatlarida esa talabalar bu borada egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanib ish olib
boradilar.

Files

84-90.pdf

Files (296.3 kB)

Name Size
md5:bd2df61cb9df390595fb368ffa407f00
296.3 kB Preview Download