BO'LAJAK PEDAGOGLARNING NUTQIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISHDA ILG'OR PEDAGOGIK VOSITALAR VA METODOLOGIK STRATEGIYALARNING SAMARADORLIGI
Authors/Creators
Description
Maqolada boʻlajak arab tili oʻqituvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari chuqur tahlil qilingan. Oʻqituvchi nutqi dars jarayonining asosiy kommunikativ vositasi ekanligi ta'kidlanib, zamonaviy oʻqituvchi uchun zarur boʻlgan kommunikativ kompetensiyaning olti asosiy tarkibiy qismi (lingvistik, pragmatik, diskursiv, sotsiolingvistik, texnologik va professionallik) belgilab berilgan. Tadqiqotda nutqiy koʻnikmalarni rivojlantirishda sun'iy intellekt (AI) resurslari (talaffuzni aniqlash, suhbat simulyatorlari), Loyiha asosidagi ta'lim (PBL), simulyatsiya va rolli oʻyinlar kabi innovatsion pedagogik texnologiyalarning samaradorligi asoslangan. Muallif motivatsiyadan tortib, reflektiv monitoringgacha boʻlgan yetti bosqichli integrativ modelni taklif etadi. Xulosada, ushbu model zamonaviy talablar asosida boʻlajak oʻqituvchida ravon, izchil va kasbiy jihatdan yetuk ogʻzaki nutqni shakllantirish uchun metodik yondashuvlarning oʻzaro uygʻunligini
ta'minlashi qayd etilgan.