"MOTION CONTROL XR" INNOVATSION QURILMASINING KAR VA ZAIF ESHITUVCHI O'QUVCHILAR DARS MASHG'ULOTLARI SAMARADORLIGIGA KO'RSATADIGAN TA'SIRI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada “Motion Control XR” innovatsion qurilmasining kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siri batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida qurilma yordamida mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning umumiy va motor zichligi o‘lchangan, xronometraj usuli orqali darsning har bir qismi uchun vaqt taqsimoti tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, “Motion Control XR” qurilmasining qo‘llanilishi o‘quvchilarning mashqlarni bajarish vaqtini samarali boshqarishga, mashg‘ulotga bo‘lgan e’tiborini oshirishga va dars jarayonida o‘zaro muloqotni soddalashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, vibratsion signal orqali boshqaruv travmalar xavfini kamaytiradi va maxsus pedagogik yondashuvni ta’minlaydi. Maqolada shuningdek, respublikamiz va xorijiy olimlarning adaptiv jismoniy tarbiya sohasidagi tadqiqotlari va metodik ishlanmalar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari innovatsion texnologiyalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga integratsiya qilish orqali kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishning samarali vositasi sifatida xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.