BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tanqidiy fikrlashning mazmuni o‘quvchining bilish faoliyati bilan bog‘liq kognitiv jarayonlar — subyektiv baholash, tahlil qilish, taqqoslash, refleksiya hamda mantiqiy xulosa chiqarish operatsiyalari bilan izohlanadi. Boshlang‘ich maktab yoshida tafakkur konkret obrazli xarakterga ega bo‘lsa- da, aynan shu davrda mantiqiy operatsiyalar shakllanishi tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
uchun qulay psixologik zamin yaratishi asoslab beriladi.
Maqolada interaktiv metodlarning (fikrni asoslab bayon qilish, savollarni murakkablik darajasi bo‘yicha berish, qisqa mazmuniy ifoda usullari va muammoli vaziyatlar) o‘quvchilarning tahliliy tafakkuri, dalillash madaniyati, umumlashtirish hamda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi.