Asosiy vositalar sintetik va tahliliy hisobini tashkil etishni takomillashtirish yo'llari
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada korxonalarda asosiy vositalar sintetik va tahliliy hisobini yuritishning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan bo`lib, asosiy e’tibor amaldagi me’yoriy-huquqiy baza, xususan 5-son BHMS “Asosiy vositalar” talablarining amaliyotdagi qo‘llanishi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan. Bunda asosiy vositalar tushunchasining iqtisodiy mohiyati qayta ko‘rib chiqilib, mavjud ta’riflar to‘liq emasligi asoslab berilgan hamda kelgusida iqtisodiy naf keltirish mezonini asosiy belgilovchi omil sifatida e’tirof etish taklif etilgan. Shuningdek, asosiy vositalarni tan olishda qiymat mezonining eng kam ish haqi bilan bog‘liqligi iqtisodiy jihatdan yetarli darajada asoslanmaganligi ko‘rsatilib, bu holat aktivlarning noto‘g‘ri tasniflanishiga olib kelishi mumkinligi ilmiy jihatdan izohlangan. Maqolada asosiy vositalarni shakllantirish, ularni hisobga olish hamda ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan kapital va operatsion xarajatlarni ajratish muammolari alohida ko‘rib chiqilgan. Xarajatlarni kapitallashtirish mezonlarining aniq belgilanmaganligi natijasida yuzaga keladigan subyektivlik holatlari ochib berilib, ushbu jarayonni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi asoslangan.
Files
62-72.pdf
Additional details
References
- 1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. 5-son BHMS "Asosiy vositalar". – Toshkent, 2004.