OʻZBEKISTONDA RAQAMLI TOʻLOV INFRATUZILMASINI SHAKILLANISHI VA RIVOJLANISH DINAMIKASI: TARIXIY, ILMIY HAMDA BOZOR TAHLILI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqola Oʻzbekiston toʻlov tizimlarining 1991–2025-yillar davomida sodir boʻlgan bosqichma-bosqich
evolyutsiyasini har tomonlama oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda toʻlov tizimining tarixiy shakllanishi besh asosiy
rivojlanish bosqichi orqali yoritiladi: elektronlashtirishning boshlanishi, markazlashgan kliring mexanizmlarining joriy
etilishi, telekommunikatsiya va axborot xavfsizligi infratuzilmasining kuchaytirilishi, sun'iy intellektni sohada qoʻllanilishi,
milliy protsessing markazlari va bank kartalari tizimining kengayishi hamda 2019-yildan keyingi innovatsion moliyaviy
texnologiyalar davri. Mazkur bosqichlarning har biri Oʻzbekiston moliya tizimi barqarorligi va iqtisodiy faolligining oshishida
muhim omil sifatida tahlil qilinadi.
Maqolada 2020–2025-yillar oraligʻida litsenziya olgan 44 ta toʻlov tashkilotining shakllanishi, ularning bozor segmentlari
boʻyicha taqsimlanishi, raqobat muhiti va raqamli toʻlov xizmatlarining kengayish dinamikasi grafik va diagrammalar
asosida batafsil tahlil etilgan. Raqamli toʻlovlarning ommalashuvi, QR-kodli tranzaksiyalar, real vaqt rejimidagi tezkor
toʻlovlar tizimi (T2T)ning qoʻllanilishi hamda moliyaviy texnologiya ekotizimining jadal rivoji mamlakat iqtisodiyotiga
koʻrsatgan ta'siri ilmiy asoslar bilan yoritilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.11.2025-yil kuni “Oʻzbekistonda moliyaviy texnologiyalar
sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-359-son li qarorining toʻlov tizimlarini 2026–2030-yillarda
modernizatsiya qilishga qaratilgan strategik vazifalari, jumladan Open Banking, CBDC, barqaror tokenlar va universal
QR-standartlarni joriy etishning istiqboldagi ahamiyati baholangan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda toʻlov tizimlarining
raqamli transformatsiya jarayoni iqtisodiy samaradorlikni sezilarli darajada oshirganini koʻrsatadi.
Files
1. A.A. Akbarov, X.R. Aliyev.pdf
Files
(3.8 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:ab8bdb3ebb3dd105a101722b2ffea7f6
|
3.8 MB | Preview Download |