Adaptiv sportning inklyuziv ta'lim tizimida alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan o'quvchilarning jismoniy va funksional rivojlanishidagi ahamiyati
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim tizimida adaptiv sportning alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarning
jismoniy va funksional rivojlanishidagi ahamiyati tadqiqot asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida adaptiv sport
mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi hamda ijtimoiy moslashuviga ta’siri o‘rganildi.
Pedagogik tajriba natijalari adaptiv sport mashg‘ulotlari o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, harakat koordinatsiyasi
va psixologik holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, inklyuziv ta’lim tizimida
adaptiv sport mashg‘ulotlarini keng joriy etish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi asoslab berildi.