Published April 4, 2026 | Version v1
Journal article Open

OLIY TA'LIMDA FORSAYT USULLARINING TARBIYAGA TADBIQI HUSUSIDA

Description

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida forsayt usullarini tarbiyaviy jarayonga 
tatbiq etishning nazariy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Maqolada forsaytning an’anaviy 
prognozlashdan farqli jihatlari, uning oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ma’naviy
axloqiy, ijtimoiy-faol va refleksiv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari 
yoritilgan. Shuningdek, Delphi, ssenariy tuzish, trendlarni tahlil qilish, ekspert muhokamasi 
kabi forsayt usullarining tarbiyaviy ishlardagi amaliy ahamiyati ochib beriladi. O‘zbekiston 
oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda “Uzluksiz ma’naviy 
tarbiya konsepsiyasi” talablaridan kelib chiqib, forsayt usullarini tarbiyaviy faoliyatga 
integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida forsayt 
usullari talabalarda kelajakni oldindan ko‘ra bilish, qadriyatli tanlov qilish, ijtimoiy 
mas’uliyatni his etish va tarbiyaviy faoliyatni ongli loyihalash kompetensiyalarini 
rivojlantirishga xizmat qilishi asoslandi. 

Files

Mirzaxo’jayeva Dilraboxon To’lqin qizi.pdf

Files (295.2 kB)

Name Size Download all
md5:573d5801d8925c9a0526f9ddc19b7cdd
295.2 kB Preview Download