Published April 2, 2026
| Version v1
Journal article
Open
O'QUVCHILARNING SINFDAN TASHQARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK HAMKORLIK SHAKL VA USULLARI
Authors/Creators
- 1. Termiz davlat pedagogika instituti Mustaqil izlanuvchisi
Description
Maqolada o‘quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida o‘qituvchi, o‘quvchi, ota-ona, sinf rahbari, maktab jamoasi hamda mahalla kabi ijtimoiy subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning shakl va usullari turadi. Sinfdan tashqari faoliyat ta’lim jarayonining yordamchi qismi sifatida emas, balki shaxs kamoloti, ijtimoiylashuv, jamoaviylik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantiruvchi mustaqil pedagogik makon sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda kuzatish, qiyosiy tahlil, tavsifiy tahlil va amaliy umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.