Published March 30, 2026 | Version v1

O'ZBEKISTON BANK SEKTORINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR

Description

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston bank sektorida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, mavjud muammolar hamda rivojlanish istiqbollari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda tijorat banklarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, mobil va internet banking xizmatlarini kengaytirish, sun’iy intellekt, Big Data, blockchain texnologiyalaridan foydalanish darajasi hamda fintech kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari o‘rganilgan.

Shuningdek, bank sektorida raqamli transformatsiya jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar, jumladan, texnologik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, kiberxavfsizlik bilan bog‘liq xavflar, malakali IT mutaxassislarning yetishmasligi hamda aholining moliyaviy savodxonligi darajasining pastligi tahlil qilingan.

Tadqiqot davomida O‘zbekiston bank tizimining so‘nggi yillardagi raqamlashtirish ko‘rsatkichlari statistik ma’lumotlar asosida baholanib, raqamli transformatsiyaning bank xizmatlari sifatini oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va mijozlar bazasini kengaytirishdagi ijobiy ta’siri asoslab berilgan.

Files

846-853.pdf

Files (654.6 kB)

Name Size Download all
md5:56128a604c796d963a5a0c186f4d5f35
654.6 kB Preview Download