ZAMONAVIY SIYOSIY MAKONDA AYOL SIYOSATCHI IMIDJINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI.
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada zamonaviy siyosiy makonda ayol siyosatchi imidjini shakllantirish jarayonining nazariy va amaliy jihatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida siyosiy imidj, gender stereotiplari va siyosiy kommunikatsiya kabi asosiy kategoriyalar ilmiy yondashuvlar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarining ayol siyosatchilar obrazini shakllantirishdagi roli hamda ijtimoiy ongdagi gender tasavvurlarining ta’siri ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ayol siyosatchi imidji ko‘p hollarda ijtimoiy-madaniy stereotiplar va media diskursi ta’sirida shakllanadi hamda bu holat siyosiy legitimlik va elektorat tomonidan qabul qilinish darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi..