4-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERAKTIV O'YINLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Authors/Creators
- 1. Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi
Description
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf, xususan, 4-sinf matematika darslarida interaktiv o‘yin ya’ni zamonaviy wordwall websaytidan foydalanilgan holda o‘quvchilarga qiyinchilik tug‘dirayotgan kasrli masalalarni o‘rgatishga va ularda qiziqish uyg‘otishda xizmat qiladi. Ushbu usuldan foydalangan holda yangi qo‘llangan o‘yin qay darajada o‘quvchilarning bilim darajasiga ta’sir ko‘rsatganligi tahlil qilindi. Kasrlar mavzusi o‘quvchilarda ko‘pincha chalkashlik tug‘diradi, chunki ular butun sonlar bilan ishlashga odatlangan va kasrlarni qo‘shish, ayirish, sodda ko‘rinishga keltirish qiyin kechadi. Muallif tomonidan o‘tkazilgan amaliy tadqiqot natijalari, pre-test va post-test(o‘quvchilarning bilim darajasi va interaktiv o‘yindan foydalangandan keying bilim darajasini anishlash uchun olingan testlar), o‘quvchi so‘rovnomalari hamda pedagogik kuzatuvlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot Namangan viloyat, Kosonsoy tumanidagi 2-maktabning 4-sinf o‘quvchilarida o‘tkazilgan. Jami 30 ta bitta sinfda o‘qiydigan o‘quvchilarni o‘z ichiga oladi. O‘yin usullari o‘quvchilarning diqqatini jamlashga, o‘z-o‘zini nazorat qilishga, shuningdek, mavzuga qiziqishni oshirishga yordam bergani tufayli ushbu tadqiqotda o‘qituvchi aynan bir turdagi o‘yin qanchalik samara berishini yuqoridagi vositalar yordamida aniqlagani ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘quvchi so‘rovnomalari va pedagogik kuzatuvlar yordamida o‘quvchilarning qiziqishi va faolligi ham baholandi. Shu orqali darslarda zamonaviy o‘yin texnologiyalarini qo‘llashning ilmiy asoslangan usuli aniqlanadi va tahlil qilinadi.
Files
157-165.pdf
Files
(618.4 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:7121279aa06b0798f99d583d6d909668
|
618.4 kB | Preview Download |