SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMIDA FARMATSEVTIKA XARAJATLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada sog‘liqni saqlash tizimida farmatsevtika xarajatlarining iqtisodiy samaradorligi masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda farmatsevtik xarajatlarning o‘sish dinamikasi, ularning sog‘liqni saqlash tizimidagi ulushi hamda resurslardan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, farmakoiqtisodiy tahlil usullari, jumladan, xarajat-samaradorlik, xarajat-foydalilik va xarajat-foyda tahlillari asosida dori vositalaridan foydalanish samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalari farmatsevtika siyosatini takomillashtirish, generik dori vositalarini keng joriy etish hamda narxlarni tartibga solish mexanizmlarini rivojlantirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.