Published March 30, 2026 | Version v1
Journal article Open

MILLIY IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING AHAMIYATINI OSHIRISH

Authors/Creators

Description

Mazkur tadqiqotda xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xorijiy investitsiyalar kapital yetishmovchiligi sharoitida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi muhim tashqi moliyalashtirish manbai ekani asoslangan. Shu bilan birga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalarining iqtisodiy mazmuni hamda makroiqtisodiy ta’siri jihatidan farqlanishi ko‘rsatib berilgan. Qolaversa, tadqiqotda O‘zbekistonda investitsiya siyosati yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, sanoatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga yo‘naltirilgani yoritilgan. Shuningdek, 2023–2025-yillarda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining barqaror o‘sishi va xorijiy investitsiyalar ulushining ortishi mamlakat investitsiya jozibadorligi oshayotganini ko‘rsatadi. Hududlar kesimida investitsiyalar asosan rivojlangan hududlarda jamlangani, ammo boshqa hududlarda ham infratuzilma va diversifikatsiya orqali faollik ortib borayotgani aniqlangan. Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilashda huquqiy kafolatlar, siyosiy barqarorlik va tadbirkorlik erkinligi muhim omillar sifatida asoslab berilgan

Files

Sh.Mavlonova - MPK - 2026, №4 - 112-120 b..pdf

Files (1.6 MB)