Published March 30, 2026 | Version v1

EHTIMOLLAR NAZARIYASINI O'QITISHDA O'QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI INDIVIDUAL BAHOLASH METODIKASI

Description

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy masalalar orqali baholash katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet resurslaridan foydalanish baholash jarayonini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.

Mazkur maqolada ehtimollar nazariyasi bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning bilim va kompetensiyalarini baholash uchun individual topshiriqlar tuzish metodikasi taklif etilgan. Ushbu metodika o‘quvchilarning jurnal tartib raqamiga asoslangan holda topshiriqlarni differensial shaklda tuzishga imkon beradi. Natijada barcha topshiriqlar bir xil murakkablik darajasiga ega bo‘lib, ularning sonli parametrlari o‘quvchilarga qarab farqlanadi. Taklif etilgan yondashuv o‘quvchilarning mustaqil ishlashini rivojlantirish, baholash jarayonining adolatliligini ta’minlash va o‘qituvchining tekshirish jarayonini soddalashtiradi.

Files

Djurayeva Charos Gulmuratovna.pdf

Files (346.1 kB)

Name Size
md5:09e8f7f2eb23386418ca1f827c8b9632
346.1 kB Preview Download

Additional details

References

  • A.Abdullayev. Matematika o'qitish metodikasi. Toshkent, 2021
  • Venttsel E.S., Ovcharov L.A. Ehtimollar nazariyasi bo'yicha masalalar va mashqlar. Moskva, 2003.
  • Volkovets A.I. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. Minsk, 2009.
  • D.Ismoilova. O'quvchilar bilimini baholashning zamonaviy usullari. Toshkent, 2018
  • Mirzahmedov Sh.N., Ismailov A.Q., Amanov A. Algebra va analiz asoslari. 11-sinf darsligi. Toshkent, 2018.
  • Saydamatov E., Amanov A. va boshqalar. Algebra va matematik analiz asoslari. Akademik litseylar uchun o'quv qo'llanma. Toshkent, 2016.
  • Soatov Y.U. Oliy matematika. 2-jild. Toshkent, 1994.
  • www.ziyonet.uz