Published March 16, 2026 | Version v1

Jadidchilar asarlarida boshlang'ich ta'limga oid pedagogik qarashlarning nazariy asoslari

Description

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yuzaga kelgan jadidchilik harakati milliy ta’lim tizimini
isloh qilishning muhim bosqichi bo‘ldi. Maqolada jadid ma’rifatchilarining asarlarida boshlang‘ich ta’limga oid pedagogik
qarashlar nazariy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi - jadidlarning “usuli jadid” maktablari orqali ilgari
surilgan ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari, axloqiy tarbiya g‘oyalari va ularning nazariy asoslarini ochib berish, shuningdek,
ularning zamonaviy ta’lim bilan bog‘liqligini ko‘rsatishdan iborat. Metodlar sifatida tarixiy-pedagogik tahlil, qiyosiy
usul, birlamchi manbalarni (Avloniy, Behbudiy, Munavvarqori asarlari) va xorijiy tadqiqotlarni o‘rganish qo‘llanildi. Natijalar
shuni ko‘rsatdiki, jadidlar boshlang‘ich ta’limni shaxsni har tomonlama kamol toptirish vositasi sifatida talqin etganlar; ona
tili, hisob, tabiatshunoslik va axloq fanlari asosiy o‘rin egallagan; “hayot uchun ta’lim” tamoyili ustuvor bo‘lgan; o‘qitishda
faollik, ko‘rgazmalilik va real hayot bilan bog‘lash tamoyillari joriy etilgan. Muhokama qismida John Dewey pedagogikasi
bilan chuqur uyg‘unlik ko‘rsatilgan hamda zamonaviy O‘zbekiston milliy o‘quv dasturlari bilan parallellar keltirilgan

Files

392.Sariboyeva Aziza G‘apur qizi.pdf

Files (1.6 MB)

Name Size
md5:eb6ffce8dc624f1b0eae232b523ef99d
1.6 MB Preview Download

Additional details