O'ZBEK XALQINING ETNOGENEZI MASALASI: NAZARIY- METODOLOGIK YONDASHUVLAR VA AKADEMIK A.ASQAROV QARASHLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada o‘zbek xalqining etnogenezi masalasi zamonaviy tarixiy-etnologik fan nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda etnogenez muammosini o‘rganishda qo‘llaniladigan asosiy nazariy va metodologik yondashuvlar yoritilib, ularning ilmiy ahamiyati baholanadi. Shuningdek, akademik A.Asqarovning o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni, uning tarixiy ildizlari va etnik tarkibiga doir qarashlari chuqur tahlil etiladi. Mazkur maqolada akademik A.Asqarov konsepsiyasining o‘zbek xalqi etnogenezi masalasini tadqiq etishdagi o‘rni va ahamiyatini aniqlab beradi hamda uni zamonaviy ilmiy qarashlar bilan qiyoslaydi.
Maqola natijalari o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini o‘rganishda muhim nazariy va metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.