Published March 27, 2026 | Version v1

MARKAZIY OSIYODA QADIMGI DAVR KO'CHMANCHI VA O'TROQ XALQLARNING SIYOSIY, IQTISODIY HAMDA MADANIY MUNOSABATLARI

Authors/Creators

Description

Markaziy Osiyoda qadimgi davrda ko‘chmanchi chorvador va o‘troq dehqon xalqlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni tahlil qiladi. Tadqiqotda ikki xil xo‘jalik turining o‘zaro bog‘liqligi, mehnat taqsimoti va iqtisodiy almashinuv (chorva mahsulotlari bilan dehqonchilik va hunarmandchilik buyumlari ayirboshlash) asosiy o‘rin tutadi. Ko‘chmanchilar yaylovlar yetishmasligi, qurg‘oqchilik va demografik omillar tufayli o‘troq vohalarga bosqinlar uyushtirgan bo‘lsa-da, tinch savdo, karvonsaroy va bozorlar orqali aloqalar kuchaygan. Sirdaryo bo‘yi va tog‘oldi hududlarda statsionar manzilgohlar, shaharlar vujudga kelishi, Andronovo, Srubnaya, Chust, Burg‘uliq kabi madaniyatlar shakllanishi bu jarayonni tasdiqlaydi. Ko‘chmanchilar o‘troqlashib, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan, natijada urbanizatsiya va davlatchilik (masalan, Yuechji-Kushon, Parfiya) rivojlangan. Tabiiy-geografik omillar (cho‘l, dasht va voha) va ekologik inqirozlar migratsiya va o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Ikki guruh bir-birisiz normal hayot kechira olmagan, ularning integratsiyasi Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasining

asosini tashkil etgan.

Files

105-114.pdf

Files (333.2 kB)

Name Size
md5:21a969e1173b18d57aad649037a09de1
333.2 kB Preview Download