XIX ASR IKKINCHI YARIMIDA TURKISTONDA MAHALLIY TADBIRKORLARNING YANGI AVLODINING SHAKLLANISHI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylangandan keyin, mintaqada mahalliy tadbirkorlarning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan o‘rni, ularning savdo ishlari, o‘lkadan tashqarida olib borgan savdo ishlari bayon etilgan. Shuningdek, hukmron ma’muriyati mahalliy madaniyat va qadriyatlarga hurmatsizlik ko‘rsatish bilan birga ularning faoliyatini cheklashga urinsa-da, lekin o‘lkada vujudga kelgan bozor munosabatlari va sanoat taraqqiyoti ta’sirida yirik savdogar va sanoatchilar (Tojimuhammad Isammuhammad o‘g‘li, Saidkarim Sayida’zimboy o‘g‘li, Mirkomil Mo‘minboev, aka-uka O‘rinboyevlar, S.I. Nazarov va boshqalar) shakllangan. Ular paxta tozalash, ko‘nchilik, g‘isht va boshqa sohalarda korxonalar ochib, hatto Yevropa bozorlarida faoliyat yuritdi. Mustamlakachilik siyosati milliy boylarning faoliyatiga to‘siqlar qo‘ydi, ammo shunga qaramasdan ular jamiyatda faol bo‘lib, yurt taqdiri, yoshlar kelajagi uchun kurashdilar va bu borada jadidlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatladilar.