INGLIZZABON TADQIQOTLARDA XIX ASR XORAZM TURKIY ADABIY MANBALARI
Authors/Creators
Description
Xorijiy turkologiyada XIX asr Xorazm turkiy adabiy-tarixiy manbalariga qiziqish XIX asr o’rtalaridan boshlanadi. A.Vambery 1863-yildagi Xiva safarida Ogahiy ijodi va Xorazm adabiy muhiti bilan tanishib, she’rlarini tarjima qilish niyatini bildirgan birinchi g’arbiy olim bo’ldi. Maqolada inglizzabon tadqiqotchilar orasida ushbu manbalarni eng chuqur o’rgangan Yuri Bregel (1925- 2016) faoliyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Bregel 1988-yilda “Firdavs ul-iqbol” asarining ilmiy-tanqidiy matnini, 1999-yilda esa to’liq inglizcha tarjimasini nashr etib, Xorazm tarixiy adabiyotini jahon sharqshunosligiga keng ochdi. Shuningdek, Benedek Perining Haydar Xorazmiy “Maxzan ul-asror” asarining Budapesht qo’lyozmasi asosidagi 2020-yilgi inglizcha nashri ham qisqacha tahlil qilinadi.
Maqola Xorazm turkiy manbalarining inglizzabon ilmiy adabiyotda qabul qilinishi va tarjima tarixini yoritadi.