Published March 27, 2026 | Version v1

RUHIY HOLATNI IFODALOVCHI NUTQIY AKTLARNING GENDER XUSUSIYATLARI TADQIQI DOLZARBLIGI XUSUSIDA

Description

Jahon tilshunosligida nutqiy aktlarning turli jihatlarini o‘rganish struktur tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika hamda semantik tadqiqotlar             doirasida          shakllangan                 antropotsentrik             yondashuvlar    asosida izchil rivojlanib bormoqda. Ushbu yondashuv doirasida nutqiy akt va uning tarkibiy qismlarini        antropologik     nuqtayi nazardan          tahlil    qilish,  xususan,                      ruhiy                holat mazmuniga ega nutqiy aktlarning gender xususiyatlarini aniqlash alohida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Maqolada ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning ayol va erkak     nutqida namoyon                     bo‘lish             shakllari,                      ularning           pragmatik                    va        semantik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida olib borilgan tadqiqot natijalari gender omilining nutqiy aktlar mazmuni va ifoda vositalariga ta’sirini ochib beradi hamda ushbu xususiyatlarni tizimlashtirish va tarjima jarayonida hisobga olish bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.

Files

25-33.pdf

Files (312.3 kB)

Name Size
md5:5121581c639173936e323bc12fe19ecd
312.3 kB Preview Download