О'ZBЕK TILIDA FRAZЕОLОGIZMLAR ЕTNОSОTSIОPRAGMATIK ASPЕKT SIFATIDA
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi frazeologizmlarning etnomadaniy tabiatini yoritish, ularning milliy mentalitet, xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari va qadriyatlari bilan uzviy bog‘liqligini ilmiy jihatdan asoslash maqsad qilib olinadi. Frazeologizmlarning shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiy muhit, nutqiy vaziyat, kommunikativ ehtiyoj hamda avlodlararo til tajribasining o‘rni alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot jarayonida frazeologik birliklar etnosotsiopragmatik aspektda tahlil qilinib, ularning nutqda qanday pragmatik vazifalarni bajarishi, ma’no va ifoda imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, frazeologizmlarning badiiy matnlardagi qo‘llanishi yozuvchi yoki shoirning individual uslubi hamda milliy dunyoqarashni aks ettiruvchi muhim vosita sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Keltirilgan nazariy fikrlar badiiy asarlardan olingan parchalar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tanlangan frazeologizmlar orqali dalillanib, ularning etnomadaniy va sotsiopragmatik ahamiyati
atroflicha yoritib berilgan.