Published March 27, 2026 | Version v1

BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGOYALARDAN FOYDALANISH

Description

Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirish hamda fanlararo integratsiyani kuchaytirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Biologiya fani mazmun jihatidan tabiat, inson organizmi, ekologik jarayonlar va tirik tizimlar haqidagi murakkab tushunchalarni o‘z ichiga olgani sababli uni samarali o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, klaster, konseptual xaritalar va STEAM elementlarining biologiya darslaridagi samaradorligi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar biologiya fanini o‘zlashtirish darajasini oshiradi, o‘quvchilarning qiziqishini kuchaytiradi hamda ularning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantiradi.

Files

118-126.pdf

Files (257.1 kB)

Name Size
md5:1e733b78df95417509960d79b65ccbf3
257.1 kB Preview Download