O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA IQTISODIY O'SISH VA MEHNAT BOZORI KO'RSATKICHLARINING DINAMIKASI
Authors/Creators
Description
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish va mehnat bozori ko‘rsatkichlarining o‘zaro
bog‘liqligi kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sish sur’atlari, bandlik darajasi
hamda mehnat resurslari dinamikasi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida o‘rganildi.
Tahlil natijalari iqtisodiy o‘sish va mehnat bozori ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi nisbatlarni umumiy makroiqtisodiy qonuniyatlar,
xususan, Okun qonuni doirasida izohlash imkonini berdi. Aniqlanishicha, YAIM o‘sish sur’atlari va bandlik darajasi
o‘rtasida muayyan bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uning kuchi va xarakteri iqtisodiyotning tarkibiy xususiyatlariga bog‘liq ravishda
farqlanadi.
Shuningdek, mehnat bozorida kuzatilayotgan asosiy tendensiyalar tizimli tahlil qilindi. Tadqiqot yakunida iqtisodiy
o‘sishning mehnat bozoriga ta’sirini kuchaytirish, bandlik sifatini oshirish hamda mehnat resurslaridan samarali
foydalanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi