TURAR-JOY LOYIHALARINING BOZOR TARKIBIDAGI ULUSHI (NAMANGAN VILOYATI MISOLIDA)
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada turar-joy ko‘chmas mulki qurilish sektorini o‘rganishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodologik yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida Namangan viloyatida birlamchi ko‘chmas mulk bozori tarkibida kottej shaharchalari, biznes markazlari hamda noturar joy obyektlarining birlamchi ko‘chmas mulk bozori tarkibidagi ulushi ham tahlil davrida nisbatan barqaror, biroq segmentlar kesimida farqlanuvchi tendensiyalarni namoyon etmoqda. Xususan, kottej shaharchalari segmenti barqaror o‘sish yo‘nalishida rivojlanib, individual turar-joyga bo‘lgan talabning kuchayishi bilan izohlanadi. Aholining ma’lum bir qismi tomonidan shaxsiy yashash maydoni, yuqori darajadagi qulaylik va mustaqil infratuzilmaga ega bo‘lgan uy-joylarga qiziqish ortib borayotgani ushbu segmentning bozor ahamiyatini mustahkamlab bormoqda.