TURAR-JOY KO'CHMAS MULKIGA TALAB VA TAKLIF (NAMANGAN VILOYATI MISOLIDA)
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada turar-joy ko‘chmas mulki qurilish sektorini o‘rganishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodologik yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida tizimli, statistik-ekonometrik, institutsional, hududiy hamda innovatsion yondashuvlarning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, turar-joy qurilish sektorining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, bozor mexanizmlari va davlat tartibga solishining metodologik jihatlari yoritilgan. Maqola natijalari turar-joy qurilish bozorini chuqur tahlil qilish, ilmiy xulosalar chiqarish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda turar-joy siyosati tarkibiy elementlari — subsidiyalar, ipoteka instrumentlari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, qurilish standartlari va hududiy rejalashtirish mexanizmlari — investitsion jozibadorlik va ijtimoiy barqarorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi tizimli tahlil qilinadi.