COVID-19 INFEKSIYASINI O'TKAZGAN REVMATOID ARTRITLI BEMORLARDA KLINIK VA IMMUNOLOGIK O'ZGARISHLAR
Authors/Creators
Description
Ushbu tezisda COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan revmatoid artritli bemorlarda kasallikning klinik va immunologik kechish xususiyatlari yoritildi. Tadqiqotga EULAR/ACR 2010 mezonlariga mos 120 nafar revmatoid artritli bemor kiritildi: 60 nafari COVID-19 o‘tkazgan asosiy guruhni, 60 nafari COVID-19 o‘tkazmagan nazorat guruhini tashkil etdi. COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda ertalabki qotishish ko‘proq uchradi va uzoqroq davom etdi, subfebril harorat, mialgiya, plevrit yoki perikardit, interstitsial o‘pka shikastlanishi kabi belgilar nisbatan yuqori qayd etildi. Shuningdek, C-reaktiv oqsil, IL-6, IL-17 va TGF-b1 ko‘rsatkichlarining oshishi hamda rentgenologik o‘zgarishlarning ko‘proq uchrashi aniqlandi.