SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODIDA FOLKLORIZMLAR
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev ijodida folklorizmlarning badiiy-funksional o‘rni tahlil qilinadi. Adib nasrida folklor unsurlari oddiy bezak yoki stilistik tashqi qatlam sifatida emas, balki milliy tafakkur, xalqona obrazlilik, qahramon ruhiyati, nutq tabiiyligi va badiiy konsepsiyani shakllantiruvchi muhim poetik vosita sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Tahlil davomida Shukur Xolmirzayev hikoyalarida oddiy folklorizmlar, analitik folklorizmlar, murakkab va stilizatsion folklorizmlar, ijtimoiy-etnografik folklorizmlar hamda folklor motivi va obrazlarining individual badiiy qayta ishlanish shakllari kuzatildi. “O‘zbek bobo”, “Qadimda bo‘lgan ekan”, “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi”, “Xorun Ar Rashid”, “O‘zbek xarakteri” singari asarlar misolida maqol, matal, duo, olqish, qarg‘ish, afsonaviy va ertakona motiv, xalqona nutq ritmi, etnografik detal hamda milliy xarakter yaratish usullarining adib poetikasidagi ahamiyati ochib berildi. Tadqiqot natijasida Shukur Xolmirzayev folklorizmlardan ko‘chirma shaklda emas, balki realizm bilan uyg‘unlashgan holda, milliy ruhni zamonaviy nasr estetikasi darajasiga ko‘targan holda foydalangani haqidagi xulosa ilgari surildi.
Files
233-239.pdf
Additional details
References
- 1. Doniyorova, Sh. Ijodkor va uslub. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2014. – 104 b.