MOJARO DAVRIDA OMMAVIY QO'RQUV SINDROMI. IJTIMOIY PSIXOLOGIK TAHLIL
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada mojaro davrida yuzaga keladigan ommaviy qo‘rquv sindromi ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda qo‘rquvning kelib chiqish sabablari, uning jamiyatdagi tarqalish mexanizmlari hamda inson xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Mojaro sharoitida insonlarda xavotir, vahima va ishonchsizlik kabi hissiy holatlarning kuchayishi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va noto‘g‘ri ma’lumotlarning qo‘rquv darajasini oshirishdagi roli ko‘rib chiqilgan. Maqolada olomon psixologiyasi, emotsional yuqum va axborot ta’siri kabi ijtimoiy-psixologik omillar asosida ommaviy qo‘rquvning shakllanish jarayoni tahlil etilgan. Shuningdek, turli tarixiy va zamonaviy misollar orqali mojaro davrida qo‘rquv sindromining jamiyatga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijasida mojaro sharoitida jamiyat barqarorligini saqlash, aholini to‘g‘ri va ishonchli axborot bilan ta’minlash hamda psixologik yordam ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan.
Files
603-613.pdf
Files
(655.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:bcfbeea85cfb89b60b614af879015a55
|
655.6 kB | Preview Download |