Published March 22, 2026 | Version v1
Journal article Open

SABZAVOT EKINLARI NEMATODALARINI TAKSONOMIK VA EKOLOGO - FAUNISTIK TAHLIL QILISH

Description

Ushbu tezisda sabzavot ekinlari agrotsenozlarida uchraydigan 
fitonematodalarning taksonomik va ekologo-faunistik tahlili yoritiladi. Fitoparazit 
nematodalar mikroskopik o‘lchamlari, morfologik polimorfizmi va ekologik xilma-xilligi 
tufayli tasniflashda murakkab obyektlar hisoblanadi. Nematodalarni klassifikatsiya qilishda 
Chitwood, De Ley va Blaxter, Decraemer kabi yetakchi tadqiqotchilar tomonidan ishlab 
chiqilgan yondashuvlar asos qilib olinadi. Turlarni aniqlashda klassik morfologik 
diagnostika (stilet tuzilishi, labial halqa, ezofagus segmentlari, dum morfologiyasi, 
morfometrik indekslar) bilan bir qatorda DNK-markerlariga asoslangan molekulyar usullar 
ITS-rDNA, 28S rRNA va COI markerlaridan foydalanish kengaymoqda. Sabzavot ekinlari 
nematodalarining aniqlanishi bo‘yicha asosiy manbalar sifatida An Introduction to 
Nematology, Manual of Agricultural Nematology, Plant-Parasitic Nematodes: A Pictorial 
Key to Genera, Tylenchida Parasites of Plants and Insects kabi xalqaro qo‘llanmalar hamda 
Kiryanova, Paramonov va To‘laganov tomonidan yaratilgan mintaqaviy aniqlagichlar 
muhim hisoblanadi. Shuningdek, Nemaplex, EPPO va CABI kabi onlayn resurslar turlar 
bo‘yicha yangilanib boriladigan diagnostika, ekologik tavsif va tarqalish ma’lumotlarini 
taqdim etadi. Mazkur manbalar majmuasi sabzavot agrotsenozlarida uchraydigan 
nematodlarning ilmiy determinatsiyasi, tasnifi va ekologik tahlilini samarali amalga oshirish 
imkonini beradi.

Files

Mirzayev U.N., Xo‘jamov Sh., Narzullayev S 18-21.pdf

Files (800.2 kB)