NODAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARI BOSHQARUVIDA ICHKI AUDITNING STRATEGIK AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada nodavlat oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida ichki auditning strategik ahamiyati tadqiq etilgan. O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim sektorining jadal rivojlanishi sharoitida oliygohlarning moliyaviy barqarorligi, resurslardan samarali foydalanish va ta’lim xizmatlari sifatini ta’minlash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda ichki audit korporativ boshqaruv, ichki nazorat va risklarni boshqarish tizimining muhim elementi sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatida yuzaga keladigan asosiy risklar - kontrakt tushumlarining kamayishi, akademik sifat va reputatsiya riski, IT va kiberxavflar hamda resurslardan samarasiz foydalanish kabi omillar tahlil qilingan.