Published March 17, 2026 | Version v1
Journal article Open

LOGISTIKA SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, INTERNET OF THINGS (IOT), SUN'IY INTELLEKT, GPS MONITORING, REAL VAQT MA'LUMOTLARI VA AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMLARI YORDAMIDA YUK TASHISH VA TA'MINOT ZANJIRLARINI SAMARALI BOSHQARISH JARAYONI

Description

So‘nggi yillarda logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi Logistika 4.0 konsepsiyasining shakllanishiga olib keldi.

Ushbu konsepsiya Internet of Things (IoT), aqlli sensorlar, GPS monitoring, katta ma’lumotlar tahlili va boshqa raqamli texnologiyalar yordamida logistika jarayonlarini samarali boshqarishni nazarda tutadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi tracking va tracing texnologiyalarining logistika tizimlarida qiymat yaratishdagi rolini tahlil qilishdan iborat.

Tadqiqot eksplorativ ko‘p holatli (multiple-case study) metodologiyasi asosida olib borilib, logistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar va loyiha ishtirokchilari bilan o‘tkazilgan intervyular ma’lumotlar manbasi sifatida foydalanildi. Tadqiqot natijalari tracking va tracing texnologiyalarini joriy etish logistika jarayonlarida operatsion samaradorlikni oshirish, ta’minot zanjiri ko‘rinuvchanligini ta’minlash, shaffoflik darajasini kuchaytirish hamda xavfsizlikni yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatdi. O‘zbekiston sharoitida logistika tizimining raqamlashtirilishi transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va GPS monitoring tizimlarini joriy etish orqali rivojlanmoqda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Logistika 4.0 texnologiyalari intermodal yuk kuzatuvi, konteyner aktivlarini boshqarish hamda logistika jarayonlarini sertifikatlash kabi yo‘nalishlarda samarali qo‘llanishi mumkin.

Files

458-466.pdf

Files (707.6 kB)

Name Size Download all
md5:838dab1585fee35dc2cc18d2d44b88a6
707.6 kB Preview Download