Published March 16, 2026 | Version v1
Journal article Open

AGATA KRISTINING INGLIZ MADANIYATIGA XOS REALIYALARI VA ULARNI TARJIMA STRATEGIYALARI (MADANIY BIRLIKLAR, IJTIMOIY MUOMALA ETIKETI, GEOGRAFIK VA MAISHIY REALIYALAR TARJIMASI.)

Authors/Creators

Description

Ushbu maqola mashhur ingliz yozuvchisi Agata Kristining ijodida namoyon bo‘lgan ingliz madaniyatiga xos realiyalar va ularni tarjima qilish strategiyalariga bag‘ishlangan.

Maqola madaniy birliklar, ijtimoiy muomala etiketi, geografik va maishiy realiyalar kabi asosiy tarkibiy elementlarni tahlil qiladi va ularning tarjimada qanday ifodalanishi masalasini yoritadi. Tadqiqot maqsadi – Agata Kristi romanlaridagi ingliz madaniyati unsurlarini aniqlash, ularni o‘zbek tiliga samarali tarzda tarjima qilishning metodik va nazariy asoslarini ko‘rsatishdir.

Maqolada madaniy birliklar, ijtimoiy muomala normalari va geografik-maishiy realiyalarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan strategiyalar – ekvivalent tarjima, izohli tarjima, adaptatsiya va o‘zlashtirish – tahlil qilinadi. Shuningdek, tarjimada uchraydigan qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish yo‘llari, o‘quvchi va mutolaa qiluvchilarga tushunarli qilish usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tarjimada ingliz madaniyatini to‘g‘ri aks ettirish asarning mazmunini, obrazlar va dialoglarning o‘ziga xosligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.Maqola tarjima nazariyasi, ingliz madaniyati va adabiyotini o‘rganayotgan mutaxassislar, talabalar va tarjimonlar uchun amaliy va nazariy manba sifatida xizmat qiladi.

Files

399-403.pdf

Files (627.4 kB)

Name Size Download all
md5:c4d3b72f6da7384cd138c91b620e26be
627.4 kB Preview Download