Published March 16, 2026 | Version v1
Journal article Open

OLIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI SOATLARINI KASBIY STAJ SIFATIDA HISOBGA OLISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Description

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish 
amaliyotining talabalarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati 
tahlil qilinadi. Shuningdek, ishlab chiqarish amaliyoti davomida o‘tilgan mashg‘ulot 
soatlarini bitiruvchilar uchun dastlabki kasbiy staj sifatida hisobga olish masalasi ilmiy
pedagogik jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqarish amaliyotining 
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quv motivatsiyasini oshirish 
hamda nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishdagi pedagogik 
imkoniyatlari yoritib beriladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil 
etish, uning mazmunini boyitish hamda talabalarning real ish muhiti bilan yaqindan 
tanishishiga sharoit yaratish zarurligi asoslab beriladi. Muallif tomonidan ishlab chiqarish 
amaliyotini yanada samarali tashkil etish orqali talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini 
rivojlantirish hamda amaliyot soatlarini kasbiy staj sifatida hisobga olish imkoniyatlari 
ko‘rib chiqiladi. Mazkur yondashuv bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini 
osonlashtirish hamda ularning bandligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Files

Axmedova Zilola Muxtor qizi 77777777777.pdf

Files (549.9 kB)

Name Size Download all
md5:779a1baf4f82c1f27ca0dd7428aa032a
549.9 kB Preview Download