IMKONIYATI CHEKLANGAN MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING BAZAVIY SPORT TAYYORGARLIGIDA PARA SUZISHNING AHAMIYATI: FUNKSIONAL VA PSIXOEMOTSIONAL KO'RSATKICHLAR TAHLILI ASOSIDA
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan maktab yoshidagi bolalarning bazaviy sport tayyorgarligida para suzishning ahamiyati Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida olingan 2025-2026-yillardagi monitoring ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida o‘pkaning tiriklik sig‘imi (O‘TS), start oldi hayajonlanish darajasi va reaksiya tezligi tanlandi. Qiyosiy tahlil natijasida para suzuvchilarda O‘TS bo‘yicha me’yor darajadagi natijalar 0 foizdan 83 foizgacha oshgani, yuqori start oldi hayajonlanish 50 foizdan 0 foizgacha kamaygani, reaksiya tezligi bo‘yicha past daraja esa 100 foizdan 50 foizgacha qisqargani aniqlandi. Natijalar para suzish imkoniyati cheklangan bolalarda funksional holatni yaxshilash, psixoemotsional barqarorlikni oshirish va bazaviy sport tayyorgarligi uchun qulay adaptiv muhit yaratishda samarali vosita ekanini ko‘rsatadi.
Files
186-192.pdf
Files
(374.8 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:013b5d3a50f30535e102bbc4f3fb074a
|
374.8 kB | Preview Download |