NEYROISKEMIK QANDLI DIABETIK OYOQ SINDROMI BO'LGAN BEMORLARDA ULTRATOVUSHLI DOPPLEROGRAFIYA
Description
Ushbu tadqiqotda yurakning ishemik kasalligi fonida surunkali yurak yetishmovchiligi bilan kechuvchi neyroishemik shakldagi qandli diabet oyoq sindromi (QDOS) bo‘lgan bemorlarda bosh va pastki oyoq qon tomirlarining ultratovushli dopplerografiya ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqotga 64 nafar bemor jalb qilinib, ular klinik xususiyatlariga ko‘ra 4 guruhga ajratildi. Bundan tashqari, 20 nafar sog‘lom shaxs nazorat guruhi sifatida tekshirildi. Barcha bemorlarda biokimyoviy, gormonal va instrumental tekshiruvlar, jumladan dopplerografiya, EKG va Exo-EKG usullari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qon tomir devorining intima-media kompleksi qalinlashishi, periferik arteriyalarda aterosklerotik blyashkalar ko‘payishi va serebrovaskulyar reaktivlikning pasayishi kuzatildi. Shuningdek, diabetli bemorlarda qon tomir o‘zgarishlari ko‘proq ikki tomonlama va diffuz xarakterga ega ekani, diabeti bo‘lmagan bemorlarda esa asosan segmentar va bir tomonlama ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar gemodinamik va metabolik buzilishlarning birgalikda ta’siri arterial endoteliy funksiyasiga sezilarli zarar yetkazishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari yurakning ishemik kasalligi va qandli diabet bilan bog‘liq neyroishemik asoratlarni erta aniqlash va baholashda dopplerografiya usulining muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Files
40-42.pdf
Additional details
References
- 1. Бaбaджaнов Б.Д., Мaтмуротов К.Ж., Сaпaевa Ш.Б. и соавт. Критическaя ишемическaя aтaкa при сaхaрном диaбете 2 типa // Вестник ТМA. – 2021. – №2. – С. 15–19.