Published March 13, 2026 | Version v1
Publication Open

AGRAR SOHADA BOZOR MUNOSABATLARINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY QILISH MEXANIZMLARI

Authors/Creators

Description

Ushbu maqolada agrar sohada bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etishning nazariy-uslubiy asoslari, institutsional mexanizmlari va amaliy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, agrar tarmoq milliy iqtisodiyotning strategik sektori bo‘lib, unda samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish oziq-ovqat xavfsizligi, bandlik va hududiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Maqolada agrar islohotlarning evolyutsion modeli asoslab berilib, davlat tomonidan tartibga solishdan bozor tamoyillariga o‘tish jarayoni bosqichlar kesimida yoritilgan. Tadqiqotda agrar bozorda mulkchilik munosabatlarini diversifikatsiya qilish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, narx erkinligini ta’minlash hamda infratuzilmani rivojlantirish kabi yo‘nalishlar tahlil etilgan. Xususan, O‘zbekiston agrar siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida klaster tizimi, kooperatsiya munosabatlari va davlat subsidiyalari mexanizmlarining o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba, jumladan, rivojlangan mamlakatlarda agrar bozorni tartibga solish usullari qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Maqolada iqtisodiy-statistik usullar, tizimli tahlil va mantiqiy umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, agrar sohada bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy qilish barqarorlikni saqlagan holda samaradorlikni oshirish, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va raqobat muhitini shakllantirish imkonini beradi. Shu bilan birga, davlatning muvozanatlashtiruvchi roli saqlanib qolishi zarurligi asoslab berilgan.

 

Files

YO'ITJ 0322.pdf

Files (352.5 kB)

Name Size Download all
md5:735780069736ceafb65a25ff74a8b877
352.5 kB Preview Download