Published March 13, 2026 | Version v1
Publication Open

O'TKAZGICHLARDA ELEKTR ZARYADLARNING TAQSIMLANISHI MAVZUSINI 4K YONDASHUVI ASOSIDA O'QITISH METODIKASI

Description

Ushbu maqolada o‘tkazgichlarda elektr zaryadlarning taqsimlanishi mavzusini 4K kompetensiyalari (kritik fikrlash, kreativlik, kommunikatsiya va kollaboratsiya) asosida o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda muammoli o‘qitish, modellashtirish, guruhli muhokama va reflektiv topshiriqlarni o‘z ichiga olgan didaktik model taklif qilinadi. Pedagogik tajriba 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi. Tajriba guruhi (8A – 22 nafar o‘quvchi) 4K yondashuvi asosida o‘qitildi, nazorat guruhi (8B – 20 nafar o‘quvchi) esa an’anaviy metodika asosida ta’lim oldi. Tadqiqot natijalari 4K metodikasidan foydalangan holda o‘quvchilarning konseptual tushunish darajasi, muammo yechish ko‘nikmalari hamda ilmiy muloqot qobiliyati sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi. Taklif etilgan metodika fizika ta’limida kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirish va murakkab elektrostatik tushunchalarni samarali o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

 

Files

YO'ITJ 0321.pdf

Files (424.8 kB)

Name Size Download all
md5:c3070c361b10841c348fe8e7d60d52d7
424.8 kB Preview Download