MINTAQAVIY SUV-ENERGETIKA HAMKORLIGI: YASHIL TARAQQIYOT DOIRASIDA UMUMIY STRATEGIK YONDASHUV, RESURSLARNI TAQSIMLASH BO'YICHA O'ZARO BITIMLAR, MANFAATLAR MUVOZANATI VA BARQAROR SIYOSIY INSTITUTLAR
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Markaziy Osiyoda mintaqaviy suv-energetika diplomatiyasining zamonaviy yashil rivojlanish konsepsiyasi doirasidagi strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot transchegaraviy suv va energetika resurslaridan foydalanish jarayonida davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan siyosiy yondashuv, barqaror kelishuvlar va institutsional-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Maqolada suv-energetika almashinuvi, ko‘p tomonlama diplomatiya, ekologik-energetik xavfsizlik va siyosiy legitimlik tushunchalari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi, shuningdek, mintaqaviy boshqaruv tizimi orqali manfaatlar muvozanatini ta’minlashning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot suv-energetika hamkorligini mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtiruvchi, resurslar bo‘yicha kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarning oldini oluvchi hamda uzoq muddatli siyosiy barqarorlik va ekologik xavfsizlikni ta’minlaydigan strategik instrument sifatida baholaydi. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi, suv oqimlarining mavsumiy tebranishi, muzliklarning qisqarishi va energiya talabi ortishi kabi omillar mintaqaviy siyosiy muvozanatga ta’sir etuvchi muhim strategik faktor sifatida ko‘rib chiqiladi, natijada maqola suv-energetika diplomatiyasi orqali barqaror rivojlanishning ilmiy-asoslangan yo‘llarini ochib beradi.