"OSHIQ O'LDING EY, KO'NGIL" G'AZALIDA ISHQ VA MA'NAVIYAT UYG'UNLIGI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Muhammad Rizo Ogahiy lirikasida ishq mavzusi nafaqat insoniy tuyg‘u sifatida, balki ma’naviy kamolot manbai sifatida ham tasvirlanadi. Shoir ishqni qalbni poklovchi, nafs va pastkashlikdan xalos qiluvchi qudrat sifatida ko‘rsatadi. Oshiqning hijron azobi, sabr-toqati va sadoqati orqali uning ichki dunyosi, axloqiy fazilatlari va ruhiy yetilishi ochib beriladi. Ogahiy g‘azallarida ishq va ma’naviyat ajralmas tushunchalar bo‘lib, dunyoviy boyliklardan ko‘ra ruhiy poklik va komillik yuqori qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Shoir lirik qahramonning ruhiy iztiroblari, ma’shuqa oldidagi ojizligi va ichki kurashini badiiy vositalar orqali ifodalaydi, ritorik savollar, tashxis va tazod san’ati bilan ishqning kuchi va oshiqning sadoqati ta’kidlanadi.
Files
19-22.pdf
Additional details
References
- 1.Abdullayev V. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, O'qituvchi nashriyoti, 1964. B-347- 376