Published March 2, 2026 | Version v1
Journal article Open

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ijodkorligini ijtimoiy-pedagogik faoliyatda rivojlantirish texnologiyasi

Description

Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ijodkorligini rivojlantirish ularning shaxs sifatida shakllanishida
muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayonida bolalarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash
zamonaviy ta’lim talablaridan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining
ijodkorligini ijtimoiy-pedagogik faoliyat asosida rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqish va uning samaradorligini
asoslashdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, kuzatish, suhbat, pedagogik tajriba-
sinov ishlari, o‘yin texnologiyalari, loyihaviy faoliyat va ijodiy topshiriqlardan foydalanildi. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatga
asoslangan mashg‘ulotlar bolalarda ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarining
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Tajriba natijalari ishlab chiqilgan texnologiyaning samaradorligini tasdiqladi. Tadqiqot
natijalari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat asosida ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyasini
ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish zarurligini ko‘rsatdi.

Files

93.Sadikova Dilafruz Xusanovna-Butayeva Gavhar Xudoyorovna.pdf

Files (1.5 MB)

Additional details