Published March 10, 2026 | Version v1

TRENERLIK FAOLIYATIDA TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA XALQARO ME'YORLARGA MOS INDIKATORLAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH (XMI+2/20)

Authors/Creators

Description

Ushbu maqolada trenerlik faoliyatini zamonaviy talablar darajasida takomillashtirish uchun tizimli yondashuv konsepsiyasi yoritilgan. Xususan, “Lider–Trener” modeli doirasida sportchi va trener faoliyatini xalqaro me’yorlarga mos indikatorlar tizimi asosida baholash usuli taklif etiladi. Sportchilar jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik mahoratini baholash uchun 10 ta asosiy test-indikator, shuningdek, trenerning oʻz faoliyatini muntazam tahlil qilishi uchun 10 ta maxsus indikatorli reyting modeli ishlab chiqilgan. Ushbu tizim trenerga oʻz jamoasi natijalarini obyektiv ravishda oʻlchab borish, xalqaro standartlar bilan taqqoslash va shu orqali zaif jihatlarni aniqlab, ustuvor yoʻnalishlarda ishlash imkonini beradi. Maqolada taklif etilayotgan indikatorlar tizimining amaliy qoʻllanilish tamoyillari va dastlabki soʻrovnoma natijalariga koʻra, aksariyat trenerlar faoliyatida hali bu kabi tizimli baholash usullari sust rivojlanganligi tahlil qilingan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, trenerlik faoliyatida indikatorlar asosidagi baholash mexanizmini joriy etish Trenerlar malakasini oshirish va sport natijalarini yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega.

Files

Norkulov 3.pdf

Files (574.9 kB)

Name Size
md5:88e3980b5ed4ea33f35d8f47edbbd14d
574.9 kB Preview Download