Published March 10, 2026 | Version v1
Journal article Open

IXTISOSLASHTIRILGAN SINFLARDA MATEMATIKA O'QITISHNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Authors/Creators

Description

Mazkur ilmiy ish ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematika ta’limining maqsad va vazifalari, mazmuni hamda metodik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda o‘quvchilarda dastlabki matematik tushunchalarni chuqur va ongli shakllantirish, mantiqiy fikrlash va mustaqil mushohada yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim vazifa sifatida qaralgan. Tadqiqotda muammoli vaziyatlar yaratish, o‘yin elementlariga asoslangan topshiriqlar, differensial va individual yondashuvlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, matematik modellashtirishning boshlang‘ich elementlari hamda qiyinlashtirilgan masalalar orqali o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan maqsadli foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik bilimlarini mustahkamlash va o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish omili sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika ta’limi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Files

Usmonova 3.pdf

Files (692.1 kB)

Name Size Download all
md5:4b870156a2e297a02853abf188ea9696
692.1 kB Preview Download