SUGʻURTA TASHKILOTLARI FAOLIYATINING NAZARIY ASOSLARI, MOHIYATI, ZARURLIGI VA VUJUDGA KELISH SHART-SHAROITLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada risklarni boshqarish jarayonlarining evolyutsion rivoji hamda ularning moliya bozori,
xususan, sugʻurta tizimi bilan uzviy bogʻliqligi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Globalizatsiya, raqamlashtirish,
pandemiya oqibatlari, iqlim oʻzgarishi, geosiyosiy ziddiyatlar va demografik siljishlar sharoitida risklarning koʻpayishi va
murakkablashuvi sugʻurta institutlarining iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi rolini yanada kuchaytirmoqda.
Tadqiqotda risk tushunchasining nazariy va amaliy talqinlari, ularning makro va mikroiqtisodiy darajadagi namoyon boʻlish
xususiyatlari hamda sugʻurta mexanizmlari orqali risklarni kamaytirish imkoniyatlari yoritilgan. Sugʻurta bozori takror
ishlab chiqarish jarayonining ajralmas elementi sifatida baholanib, uning taqsimlash va qayta taqsimlash bosqichlaridagi
iqtisodiy funksiyalari asoslab berilgan.
Shuningdek, sugʻurta mahsuloti va sugʻurta xizmati tushunchalari oʻrtasidagi farqlar, ularning iqtisodiy mohiyati, narx
shakllanish mexanizmlari va bozor infratuzilmasidagi oʻrni tahlil qilingan. Xalqaro qayta sugʻurtalash tizimi orqali
katastrofik risklarni taqsimlash zarurati ilmiy jihatdan asoslangan.
Tadqiqot natijalari sugʻurta bozorining milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi institutsional rolini kuchaytirish, risklarni
boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirish va sugʻurta xizmatlari sifatini oshirish boʻyicha amaliy takliflar
ishlab chiqish uchun nazariy-uslubiy asos boʻlib xizmat qiladi
Files
130. Yakubov Dilshod Kamildjanovich.pdf
Files
(2.6 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:7e2884286e4eb3696c7410573b8b46d9
|
2.6 MB | Preview Download |