ILG'OR XORIJ TAJRIBALARIDAN O'ZBEKISTON AMALIYOTIDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada rivojlanayotgan mamlakatlarda paxta-to‘qimachilik klasterlari orqali investitsion
faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, tarmoqning barqaror rivojlanishi va global bozorga integratsiyalashuvi kompleks
tahlil qilinadi. Tadqiqot Misr, Eron, Bangladesh, Indoneziya va Qozoqiston kabi mamlakatlar tajribasini tahlil qilgan holda,
klasterlashuv orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, ish o‘rinlarini yaratish va
innovatsion texnologiyalarni joriy etish mexanizmlarini yoritadi.
Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonning paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish amaliyotida Xitoy, Braziliya, Turkiya,
AQSh, Pokiston, Hindiston, Misr va Bangladesh kabi yetakchi davlatlarning ilg‘or klaster yondashuvlarini qo‘llash
imkoniyatlari tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar, xomashyo va tayyor mahsulotlar eksporti, global bozor hajmi va
raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil olib borilgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, paxta-to‘qimachilik klasterlari orqali investitsiyalarni jalb qilish va texnologik
modernizatsiyani amalga oshirish milliy iqtisodiyotning o‘sishiga, eksport salohiyatini kengaytirishga va ish o‘rinlari
yaratishga sezilarli hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, mahalliy va global bozor xavflarini kamaytirish, turli xomashyo va
tayyor mahsulotlarni diversifikatsiya qilish, zamonaviy va sintetik materiallarni ishlab chiqarish, kadrlar tayyorlash hamda
mahsulot sifatini oshirish orqali klasterlarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin.
Files
131. Shodmonov Bahodir Sherkulovich.pdf
Files
(2.5 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:4e18c9637a4659e958a6582ffb3398be
|
2.5 MB | Preview Download |